Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Oktyabr 2024

14-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

685 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 187,6 mlrd so'm bo'lgan 688 ta lot 205,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 9 ta 
  • boshlang'ich narxi 103,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 112,4 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 95,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 13 ta 
  • boshlang'ich narxi 31,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 33,4 mlrd so‘m 
  • Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 24,6 mlrd so‘mlik "Asakabank" AJ balansidagi yengil konstruksiyali issiqxona binosi va chorvachilik majmuasi 25,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 30 ta 
  • boshlang'ich narxi 0,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 680,1 mln so‘m bo‘lgan “Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali balansidagi bino qismi 748,1 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 216 ta 
  • boshlang'ich narxi 21,8 mlrd so‘m 
  • sotilgan narxi 23,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,4 ga 
  • Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidan boshlang'ich narxi 168,7 mln so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurish uchun 21 sotix yеr uchastkasi 269,9 mln so‘mga sotildi. 
  • Buxoro viloyati Vobkent tumanidan boshlang'ich narxi 23,4 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy joy qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 68 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 61 ta 
  • boshlang'ich narxi 18,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 22,9 mlrd so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 1 840 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,1 trln so'm bo'lgan 143 251 ta lot savdoga qo'yilgan.

4089 Chop etish