Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Oktyabr 2024

22-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

382 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 13,2 mlrd so'm bo'lgan 146 ta lot 21,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 37 ta 
  • boshlang'ich narxi 433,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 68,2 mln so‘m bo‘lgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti balansidagi yer to‘la qismi 329,6 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 39 ta 
  • boshlang'ich narxi 10,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,1 ga 
  • Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang‘ich narxi 9 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 17 sotix yеr uchastkasi 9,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 8 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2 mlrd so‘m 
  • Jizzax viloyati Forish tumanidan boshlang'ich narxi 433,5 mln so‘m bo'lgan savdo do‘koni 624,6 mln so‘mga sotildi.

O'tkazilgan savdolarda 394 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,7 trln so'm bo'lgan 145 202 ta lot savdoga qo'yilgan.

2772 Chop etish