498 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 23,8 mlrd so'm bo'lgan 213 ta lot 33,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 8 ta
- boshlang'ich narxi 31,9 mln so‘m
- sotilgan narxi 96,5 mln so‘m
- Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 20,6 mln so‘m bo‘lgan "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK balansidagi bino qismini 70 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 184 ta
- boshlang'ich narxi 20,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 27,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 31,4 ga
- Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang‘ich narxi 8,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar joylar qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 12,9 mlrd so‘mga sotildi.
- Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang‘ich narxi 186,4 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafe va savdo uylari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 540,7 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 499 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,9 trln so'm bo'lgan 146 772 ta lot savdoga qo'yilgan.