Joriy yil 28-aprel kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “korporativ boshqaruv” taʼlim yoʻnalishi talabalari ishtirokida “ochiq eshiklar kuni” va “Ikki avlod uchrashuvi” tashkil qilindi.
Tarmoqlar va sohalar kesimida muloqotni oʻrnatish hamda sohaga oid taʼlim muassasalari bilan tizimli hamkorlik qilish hamda iqtisodiyot va moliya yoʻnalishi talaba yoshlarining qiziqishlarini roʻyobga chiqarish maqsadida, talabalar Davlat aktivlari agentligining Situatsion markazi, kutubxonasi, “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” AJ faoliyati, auksion jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Bundan so‘ng Davlat aktivlari agentligi Faxriylar Kengashi, Yoshlar parlamenti aʼzolari, talaba yoshlar va Davaktiv agentligi yosh rahbar xodimlari va tizim yoshlari ishtirokida “Ikki avlod uchrashuvi” tadbiri o‘rin oldi.
Tadbir davomida Davlat aktivlari agentligining bir qator yosh xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ham ishtirok etdi va oʻzining tajribasi va yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, talabalarga Agentlik tarixi, mulkdorlar sinfini shakllanishi, shuningdek, hozirgi kunda Agentlik tomonidan xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish yo'nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv soʻngida, ishtirokchilar uchun “Tafakkur” intelektual o‘yini o‘tkazildi va yoshlarning Davlat aktivlari agentligi faoliyati boʻyicha savollari va takliflari eshitildi.